So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
AQSH ikkita ulkan mojaro yoqasida turibdi
Xalqaro hamjamiyat Amerika Qo‘shma Shtatlarining 46-prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining urush siyosati tufayli Ukraina va Yaqin Sharqda global ta’sir o‘tkazish potensialiga ega bo‘lgan ikki yirik mojaro yoqasida turibdi. Bu fikr “Responsible Statecraft” portali materialida keltirilgan.
Portal so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyo yirik davlatlar ishtirokidagi yirik mojarolar yoqasida turibdi. Ehtimol, Kuba raketa inqirozi davridagidan ham xavfliroq vaziyatda. Bunga AQSHning Ukraina va Yaqin Sharqqa qurol-yarog‘ jo‘natib, diplomatik kelishuvga to‘sqinlik qilib urushlarni avj oldirish siyosati sabab bo‘ldi. Bayden ma’muriyatining mojarolar ko‘lamini boshqarish strategiyasi halokat yoqasida turibdi. Chunki Qo‘shma Shtatlar yanada keskinlashuvga dosh berolmaydi
Qayd etilishicha, NATOning postsovet hududi tomon kengayishi AQSH va Shimoliy Atlantika alyansi rahbariyatining noto‘g‘ri hisob-kitobi bo‘lgan. Bu esa Ukraina uchun halokatli urush olib keldi va Gʻarb manfaatlariga jiddiy zarar yetkazdi. Shuningdek, bu Rossiya va Gʻarb o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush bilan yakunlanishi ham mumkin edi.
Bundan tashqari, portal ta’kidlaganidek, Yaqin Sharqdagi keskinlashgan mojaroda Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatish orqali Qo‘shma Shtatlar Eron bilan ham yanada keskinlashuvga bordi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir