So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroil Livanga 20 milliard dollarlik zarar keltirdi. Mamlakatda qashshoqlar koʻpaymoqda
Isroil armiyasining Livan hududiga qilgan hujumlaridan koʻrilgan iqtisodiy zarar 20 milliard dollardan oshishi mumkin. Bu haqda “LʼOrient-Le Jour” gazetasi livanlik iqtisodchi va ekspertlar guruhiga tayanib, xabar berdi.
Ularning hisob-kitoblariga koʻra, Isroil harakatlari Livan janubi va mamlakat aholisi va ishchi kuchining uchdan bir qismi istiqomat qiluvchi Bekaa vodiysidagi iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida faollikni sekinlashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Livan qishloq xoʻjaligi erlarining chorak qismi va roʻyxatga olingan 50 ming korxona vayron boʻlgan va ishdan chiqqan, bu ularning mamlakatdagi umumiy sonining qariyb 60 foizini tashkil qiladi. Hisobotga koʻra, yahudiy davlati hujumlaridan koʻrilgan iqtisodiy zarar 20 milliard dollardan oshishi mumkin.
Mutaxassislarning prognozlariga koʻra, yongʻin ostida boʻlgan hududlarda, oʻta qashshoqlikda yashovchi livanliklarning ulushi ikki baravar koʻpayib, kamida 80 foizga yetishi mumkin.
Joriy yilning, 23-sentyabr kuni Isroil Livandagi Hizbulloh shia harakati tuzilmalariga qarshi “Shimolning oʻqlari” nomli operatsiyasini boshladi. Ular shia tashkilotining harbiy nishonlariga katta zarbalar berdi.
Kecha, 24-oktyabr kuni Livan bosh vaziri Najib Mikati xalqaro hamjamiyatni Isroil agressiyasidan jabr koʻrgan mamlakatiga shoshilinch insonparvarlik yordami koʻrsatishga chaqirdi. May oyida Jahon banki Livandagi qashshoqlik soʻnggi 10-yil ichida mamlakatda choʻzilgan iqtisodiy inqiroz fonida 12 foizdan 44 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir