So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Putin va Kim 2025 yilda yana ko‘rishadi
“Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bizning qo‘shnimiz. Ular bilan barcha mumkin bo‘lgan sohalarda aloqalarni faol rivojlantirmoqdamiz. Albatta, yaqin qo‘shnilar bir-biri bilan doimiy ravishda oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashadi”, degan Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2025 yilda Rossiyaga yana tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Putin so‘zchisining qayd etishicha, Shimoliy Koreya va Rossiya yaqin qo‘shnilar. Shunday ekan ular bir-birini tez-tez yo‘qlab turadi.
“Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bizning qo‘shnimiz. Ular bilan barcha mumkin bo‘lgan sohalarda aloqalarni faol rivojlantirmoqdamiz. Albatta, yaqin qo‘shnilar bir-biri bilan doimiy ravishda oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashadi”, degan Kreml vakili.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kim Chen In bilan 2024 yilning iyun oyida Pxenyanga tashrif buyurganida uchrashgan edi. Bungacha, 2023 yil sentyabrida KXDR yetakchisi Rossiyaga kelgan. Putin Kim bilan Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida muzokaralar o‘tkazgan edi. Shuningdek, Kim Chen In 2019 yil aprel oyida ham Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurgan. U va Putin Vladivostokda uchrashgan.
Avvalroq, Shimoliy Koreya Ukrainadagi urushga 3 ming nafar askar yuborgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bu haqdagi savollarga Vladimir Putinning o‘zi ham yo‘q degan javobni aytmagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir