So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qozogʻiston prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 2022-yilning 21-22-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston—Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni ilgari surish, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar oʻrin olgan.
Shuningdek, davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir