So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urushga uch ming askar yuborgan – Reuters
Kecha, 23 oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreya Ukrainaga joylashtirish uchun 3 ming nafar askar yuborgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi dalillarni ko‘rganini tasdiqladi. Bu esa Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda sezilarli kuchaytirishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Rimda so‘zlagan nutqida, Kiyev iddao qilganidek Shimoliy Koreya Rossiya uchun Ukrainaga askar yuborsa, buning oqibatlari juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Biroq Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainada nima qilishlarini kuzatish kerakligini ta’kidladi.
Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlarga bergan intervyusida Shimoliy Koreyaning kamida uch ming nafar askari Rossiya sharqidagi harbiy bazada tayyorgarlikdan o‘tayotganiga ishonishini bildirdi.
“AQSH razvedkasi Shimoliy Koreya askarlari oktyabr oyining boshida Shimoliy Koreyaning Vonsan viloyatidan Vladivostok shahriga kemada olib kelingani va keyin Rossiya sharqidagi uchta harbiy o‘quv poligoniga joylashtirilganini aniqladi”, degan Kirbi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir