Qidirish

09:06 / 2024-10-24 158 0 Siyosat

Qozonda BRICS'ning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

world-news

Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yakuniy deklaratsiya qabul qilindi. Unda tashkilotga a’zo davlatlarning jahondagi muammolari bo‘yicha umumiy pozitsiyalari qayd etildi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, deklaratsiya qo‘shma hujjat sifatida BMTga tarqatiladi.

“Biz umumiy manfaatlarimiz va asosiy ustuvorliklarimizdan kelib chiqqan holda BRICS mamlakatlari o‘rtasidagi hamjihatlikni, hamkorlikni mustahkamlash hamda strategik sherikligimizni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqlaymiz”,  deyiladi hujjat muqaddimasida.

Hammasi bo‘lib deklaratsiya 43 sahifa va 134 paragrafdan iborat. Ular dunyoda sodir bo‘layotgan ishlar holatiga umumiy baho beradi. Rossiyaning BRIKSga raisligi natijalarini sarhisob qiladi. Shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi.

Deklaratsiyadagi asosiy bandlar quyidagicha bo‘ldi:

Biz Falastin davlatining BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

Biz Rossiya tomonidan taklif etilgan BRICS don birjasi tashkil etilishini, uning keyingi rivojini va agrar sohaning boshqa sohalarini ham qamrab olishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

Biz koinotda qurol joylashtirishning oldi olinishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

Biz rivojlanayotgan davlatlarning global jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashga chaqiramiz, shuningdek, Global Janub mamlakatlarining BRICS tashkilotiga bo‘lgan qiziqishini qutlaymiz;

Biz 2025 yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini davom ettirish muhimligini ta’kidlaymiz;

Biz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bahonasida bir tomonlama chora-tadbirlar ko‘rilishiga qarshimiz;

Biz Jahon savdo tashkilotining (JST) islohotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar haqidagi qarorni qutlaymiz.

Izohlar 0

Fikr bildirish