So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olingan.
Mamlakatlarimizda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifi bildirilgan.
Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir