So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Biz uni siyosiy jihatdan qamab qo‘yishimiz kerak" – Bayden Trampni «qulflab» qo‘yishga chaqirdi
Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Trampni AQSH demokratiyasi uchun xavf va tahdid deb atadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Donald Trampni siyosiy jihatdan «qulflab» qo‘yishga chaqirdi. U bu haqda Nyu-Gempshir shtatida o‘tkazilgan Kamala Harrisning saylovoldi kompaniyasi chog‘ida aytib o‘tgan.
Bayden sobiq prezident Trampni AQSH demokratiyasi uchun xavf va tahdid deb atagan.
“Biz uni qamab qo‘yishimiz kerak. Uni siyosiy jihatdan qamang. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan narsa shu. Tramp AQSH Konstitutsiyasining kafolatlarini mensimaslikni istaydi. U Kamala Harrisni yengsa, demokratiyamiz xavf ostida”, degan Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti.
Baydennning siyosiy qulflash haqidagi so‘zlari amerikaliklar uchun yangilik emas. 2016 yilgi prezidentlik saylovlari chog‘ida Trampning tarafdorlari demokrat nomzod Hillari Klintonni «qulflash» kerakligini aytib hayqirgan. Harris uchun u.shtirilgan mitinglarning yana birida esa yig‘ilganlar 34 ta jinoyatda ayblanayotgan va 2020 yilgi saylov natijalarini noqonuniy ravishda adolatsiz degan Trampni qamab qo‘yish kerakligini aytib baqirishgan.
28 iyun kuni Bayden va Tramp o‘rtasida telede,at tashkil etildi. Amerikaning amaldagi prezidenti uchun debat mutlaqo omadsiz o‘tdi. Buning ustiga 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Batler shahrida Trampga suiqasd uyushtirildi. Bu esa uning saylovchilar oldidagi reytingini keskin oshirib yubordi. Joning g‘alabasiga hatto demokratlar ham ishonmayotgan edi. Shundan so‘ng Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harrisning foydasiga prezidentlik poygasidan chiqdi.
“Men ishimni yaxshi ko‘raman. Biroq Amerikani yana-da ko‘proq yaxshi ko‘raman”, degan Qo‘shma Shtatlarning 46-prezidenti poygadan chiqishi haqidagi qarorini izohlar ekan.
Kamala Harrisning vitse-prezident sifatida amerikaliklar orasidagi reytingi baland emas edi. Biroq sobiq prokuror Donald Trampga jiddiy qarshilik ko‘rsatishni uddaladi. 11 sentyabr kuni o‘tkazilgan debatda Trampni ojiz qoldirdi va ijtimoiy so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra ham undan o‘zib ketdi.
Joriy yil 5 noyabr kuni AQSH prezidentligi uchun navbatdagi saylov bo‘lib o‘tadi. Amerikaliklar demokrat Kamala Harris va respublikachi Donald Trampdan birini tanlashi kerak.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir