So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Toshkentda buyuk qozoq adibi Abay ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi
19-dekabr kuni ish boshlagan “Abay. Qardosh xalqlar merosi” koʻrgazmasi 30-dekabrga qadar davom etadi.

19-dekabr kuni Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida qozoq adibi va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Abay. Qardosh xalqlar merosi” koʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtdi.
Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev, Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov, “Jidebay-Borili” Abay muzeyi direktori Turdiqul Shanbay, Tasviriy sanʼat galereyasi direktori Kamola Oqilova, shuningdek OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.
“Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlatimiz rahbari boshchiliklarida butun turkiy xalqlar madaniy merosini asrash va tiklashga oid koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Poytaxti azimda ulugʻ qozoq adibi Abay ijodiga bagʻishlangan koʻrgazmaning ochilishi ham buning yaqqol dalilidir. Ushbu tadbir, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida doʻstlik rishtalarining yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Fursatdan foydalanib ushbu tadbirga tashrif buyurgan Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayevga “Oʻzbekistonga xush kelibsiz” deymiz. Bugun oʻz eshiklarini ochayotgan ushbu koʻrgazma buyuk mutafakkir Alisher Navoiy insonparvarlik anʼanalarini oʻzida saqlagan Abay ijodini yanada mukammal anglash imkonini berishiga ishonchimiz komil. Uning barcha xalqlar tinchlik va farovonlikda yashashi kerakligi, Sharq va Gʻarb uygʻunligi, jahon merosini oʻzlashtirish zarurati, ensiklopedizmga intilish, inson tabiatining mukammallashuviga oid gʻoyalari bugunga kelib ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan”, - deya taʼkidladi A.Abduhakimov.
Oʻz navbatida, Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil etilganini taʼkidlab, Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi
"Alisher Navoiy va Abay ijodi nafaqat turkiy, balki umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishi namunasini oʻzida mujassam etgan buyuk merosdir. Har ikki mutafakkir turli davrlarda yashab ijod qilgan boʻlsa-da, ularni sheʼriyatdagi insonparvarlikka intilish, islohotchilik ruhi birlashtiradi. Ular ikki qardosh xalqning maʼnaviy ustunlaridir”, - dedi Dauren Abayev.
Koʻrgazmada shuningdek qozogʻistonliklarning kundalik maishiy hayotida foydalanuvchi, dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari, Abay hayoti va ijodiga bagʻishlangan tasviriy sanʼat asarlari, grafiklari, shuningdek Abayning asarlari namoyish etilmoqda.
“Abay. Qardosh xalqlar merosi” koʻrgazmasi qator boʻlimlardan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
· Koʻchmanchi madaniyat Abay ijodi shakllanishidagi asosiy omil;
· Abay ijodida Alisher Navoiyning tutgan oʻrni;
· Abay hayotining asosiy bosqichlari;
· Abay qahramonlari va syujetlari musavvirlar A. Kasteyeva, U. Tansikbayeva, Ye. Sidorkina, N. Otepbayeva va boshqalar ijodida.
Ko'rgazma ochilishidan keyin Qozog'istonning O'zbekistondagi elchixonasi oldida Abay Qo'nonboyev haykali poyiga gulchambar qo'yish marosimi o'tkazildi.
Marosimda Aziz Abduhakimov, Dauren Abayev, Beybut Atamqulov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo kabilar so'zga chiqib, Abay shaxsi va ijodini alohida e'tirof etishdi. Shundan so'ng Abay Qo'nonboyev haykali poyiga gulchambar qo'yildi.
19-dekabr kuni ish boshlagan “Abay. Qardosh xalqlar merosi” koʻrgazmasi 30-dekabrga qadar davom etadi.



