So`ngi yangiliklar
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
"700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 524 tasida taomnoma davlat tilida emas" – Raqobat qo‘mitasi
Respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib borilganda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga tegishli tartibda ma’lumotlar kiritildi.

Raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlarda umumiy ovqatlanish subyektlari tomonidan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda ovqat tayyor bo‘lish vaqti, narxi va to‘lash shartlari haqida to‘g‘ri tushunarli ma’lumot taqdim etmaslik, taomnomalarda tayyor ovqatlarning hajmlari ko‘rsatilmaganligi, yo‘l bo‘yida sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlash, tayyor ovqatni yetkazib berish, tashish va saqlashdagi muammolar ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, o‘rganish ishlarida qamrab olingan 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining:
⁃ 524 tasida — (75%) taomnoma davlat tilida emas;
⁃ 480 tasida — (69%) ish rejimi ko‘rsatilmagan;
⁃ 449 tasida — (65%) narxnomalar mavjud emas;
⁃ 429 tasida — (62%) avtoturargohlar mavjud emas;
⁃ 519 tasida — (74,6%) favqulodda vaziyatlar uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi) tegishli tartibda ma’lumotlar kiritildi.



