So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Qishloq xoʻjaligida qilinayotgan ishlar: Prezident yangi loyihalar bilan tanishdi
Bugun, 19-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni qishloq xoʻjaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekistonda bu sohaning tarmoqlari koʻp va katta salohiyatga ega. Soʻnggi yillarda paxtachilik, meva-sabzavotchilik, issiqxona xoʻjaligi, qayta ishlash sanoati kabi koʻplab yoʻnalishlar samaradorlik nuqtayi nazaridan isloh qilinmoqda.
Mamlakatda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qoʻshimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.
Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urugʻ, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.
Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan axborot bergan. Davlat rahbari xorijdan urugʻ olib kelishda raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini ham rivojlantirish zarurligini taʼkidlagan.
Qishloq xoʻjaligidagi hosildorlik, birinchi navbatda, uruqqa bogʻliq. Lekin koʻp fermerlar urugʻlik uchun ustamani kam toʻlashni oʻylab, past avlodli urugʻ ekayapti. Yangi urugʻ navini sinovdan oʻtkazib, davlat reyestriga kiritishga esa 5-yil ketayapti. Ilgʻor tajribada birlamchi urugʻchilikni xususiy elita xoʻjaliklari amalga oshiradi.
Shu bois navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi. Unga koʻra, 31 ta elita urugʻchilik xoʻjaligi va 6 ta urugʻlik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urugʻchilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urugʻlar 2-yilda ekishga joriy qilinadi.
Sohadagi yana bir katta yoʻnalish bogʻdorchilik va uzumchilik. Mamlakatda 266 ming gektar bogʻ va 132 ming gektar tokzor bor. Lekin bu unumdor tabiatga yarasha emas. Hududlarda yaxshi foydalanilmayotgan yerlar, boʻsh adirlar talaygina.
Endi bunday yerlarda mevali bogʻlar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Yaʼni, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, koʻchat olish, ekish va sugʻorish tizimlari oʻrnatish hamda bogʻ hosilga kirguncha 3-yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bogʻlarga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatiladi.
Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham oʻzgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar oʻrnida bogʻ barpo etish boʻyicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30-yil muddatgacha ijaraga beriladi.
Prezident bogʻ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.
«Asosiy maqsadimiz qishloq xoʻjaligini ilmiy asoslangan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Taqdimotda issiqxona xoʻjaliklaridan ham samarali foydalanish, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablagʻ bilan taʼminlash masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala. Hududlarda 732 ming gektar paxta va gʻalla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sugʻorilmoqda. Ularning 41 foizida energiya isteʼmoli yuqori.
Shu bois paxta va gʻalla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sugʻorish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi. Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, ularni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.