So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
2024-yil paxta narxi qancha boʻladi?
Hukumat qaroriga koʻra, 2024-yil hosili yigʻim-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari boʻyicha paxta xomashyosining boshlangʻich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻm atrofida shakllanayotganligi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xomashyosining boshlangʻich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib 7 mln 800 ming soʻm miqdorida eʼlon qilingan.
Hukumat jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
– paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomashyosi uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.
– 2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv tuziladi. Bunda paxta xomashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.
– 2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlangʻich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida eʼlon qilish talab etiladi.
– 2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yigʻib-terib olish xizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming soʻmdan oshmagan qismi qoplab beriladi.



