So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qariyb 400 nafar vazirlik xodimi tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgani aniqlandi
Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi holatlariga chek qoʻyilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112ta tadbirkorlik subyektida, Suv xoʻjaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish boʻyicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qoʻyildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir