So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Xorazmda pora bilan ushlangan prokuratura tergovchisi 4-yilga qamaldi
Xorazm viloyatining Shovot tumani prokuraturasida tergovchi lavozimida ishlagan 31 yoshli U.I noqonuniy yoʻllar bilan moddiy boylik orttirish va mulkiy naf koʻrishni maqsad qilgan holda tanishi S.X bilan oʻzaro oldindan jinoiy til biriktirgan.

Maʼlum qilinishicha, tergovchi ish yurituvida boʻlgan fuqaro O.Bga nisbatan ochilgan jinoyat ishi boʻyicha unga yengillik qilib berish hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorani qoʻllamaslik evaziga tanishi S.X orqali 2 ming AQSH dollar soʻragan.
U 2023-yil 20-dekabr kuni Urganch shahridagi restoranlarning avtoturargohida talab qilingan pullardan 1000 AQSH dollarini S.X orqali olayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud prokuratura tergovchisiga nisbatan eʼlon qilingan ayblovni qanoatlantirib, U.I Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan 2-yilga davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda, moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2024-yil 13-fevral kuni Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir Gʻulomov 90 ming AQSH dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan edi. U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi “Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha qidiruvda boʻlgan jamiyat taʼsischisi M.I.dan unga nisbatan qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali 90 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qoʻlga tushgan.



