So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Ichkaridagi nido tashqariga chiqdi – Sud tergov hibsxonasida saqlanayotgan Avaz Qilichev sogʻligiga befarq qaralmayotganini bildirdi
Avvalroq, Effect.uz “Ichkarida nido, tashqarida faryod: Na oʻligi, na tirigi...” sarlavhasi ostida video material yoritgan boʻlib, unda buxorolik tadbirkor Avaz Qilichevning DXX tergov hibsxonasida sogʻligi yomonlashayotgani, ekspertiza natijalari esa turli xil eʼtirozlar keltirib chiqarayotgani toʻgʻrisida gap boradi.
Yaʼni mahbusning sogʻligi hibsxonada saqlanishdan koʻra, davolanishga muhtojligi bir nechta ekspertiza xulosalarida keltirilgan boʻlsada, ammo tashqi taʼsirlar sabab A.Qilichev hozirgacha ushlab turilgani taajublanarli holatdir.
Vaziyat yuzasidan Toshkent shahar sudlari maʼlumot berib, A.Qilichevning sogʻligi qayta muhokama qilinib, unga sudga oid qayta komission tibbiy ekspertiza tayinlanganini bildirdi. Mazkur sud jarayonida Effect.uz muxbirlari ham ishtirok etmoqda.
Taʼkidlanishicha, dastlabki sud majlisida sudlanuvchi A.Kilichevning advokati Z.Amanovning sud majlisini video tasvirga olish haqidagi iltimosnomasi qisman qanoatlantirilib, sud majlisi audio yozuv orqali qayd etib borish belgilangan.
Shu sud majlisida advokat Z.Amanovning sudlanuvchi A.Qilichevga nisbatan tanlangan qamoq ehtiyot chorasini boshqa ehtiyot chorasiga oʻzgartirish haqida iltimosnomasi rad qilingan.
Shu sud majlisida davlat ayblovchisining sudlanuvchi A.Qilichevga nisbatan sudga oid qayta tibbiyot ekspertizasi tayinlash haqidagi iltimosnomasi qisman qanoatlantirilib, A.Qilichevga nisbatan sudga oid komission tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va sud majlisi 2024-yil 13-avgust kuniga qadar tanaffus eʼlon qilingan.
13-avgust kuni davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosa oʻqib eshittirilgan, dalillarni tekshirish navbati aniqlangan va unga koʻra dastlab jabrlanuvchilar, guvohlar va undan soʻng sudlanuvchilar soʻroq qilinishi belgilangan. Shu kungi sud majlisiga jabrlanuvchilar kelmaganliklari sababli sud majlisida 20-avgust kuniga qoldirilgan.
2024-yil 20, 23-avgust kungi sud majlislarida jabrlanuvchi A.Azimov soʻroq qilingan. 27-avgust kungi sud majlisida sudga oid komission tibbiyot ekspertizasi xulosasi oʻqib eshittirilgan va muhokama qilingan.
Xulosada sudlanuvchi A.Qilichev sud majlisida chegaralangan vaqt davomida, tibbiyot xodimi nazorati ostida ishtirok etishi mumkinligi koʻrsatilganligi sababli, sud majlisini shifokor ishtirokida oʻtkazish uchun advokat Z.Amonovning sudga oid qayta tibbiyot ekspertizasi oʻtkazish haqidagi bergan iltimosnomasi muhokamasi keyingi qoldirilib, sud majlisida tanaffus eʼlon qilingan.
5-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan sudda A.Qilichevning sogʻligi qayta muhokama qilinib, unga sudga oid qayta komission tibbiy ekspertiza tayinlangan. Sudlanuvchi A.Kilichevning navbatdagi sud majlisi 2024-yil 10-sentyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, deyiladi Toshkent shahar sudlari bergan maʼlumotda.
Eslatib oʻtamiz, Buxorolik Avaz Qilichev “Tabiat neʼmati” MCHJning norasmiy rahbari sifatida jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining 17-apreldagi ajrimi bilan qamoqqa olingan. Maʼlum boʻlishicha, sud Qilichevning qamoqqa olinishida Bosh prokuror oʻrinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan.
Ayblov xulosasiga koʻra, Avaz Qilichev “Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi” aksionerlik jamiyati direktori Ilhom Navroʻzov bilan oldi-berdi kelishmovchiligidan soʻng shaxsiy adovat va gʻarazgoʻylik maqsadida mavjud qarzdorlikni toʻlab bermaslik yoʻllarini izlab, AJ mansabdorlari ustidan Buxoro viloyat IIBga ariza yozgan.
Mazkur ariza ortidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida “Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi”ning 8 nafar mansabdor shaxslari va 2 nafar tadbirkorga ayblov eʼlon qilinib, ularning 7 nafari qamoqqa olingan.
Keyinchalik aniqlanishicha, Avaz Qilichev va “Tabiat neʼmati” MCHJ direktori Yorqin Sulaymonov tomonidan yozilgan arizalardagi aksariyat holatlar tasdigʻini topmagan.
Oqibatda, Qilichev Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi “g” bandida koʻrsatilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab, yolgʻon xabar berish jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, 15-aprelda ushlangan.
Mahkumning yaqinlari va advokati sudga oid tibbiy ekspertiza natijalariga ishonib, u qamoq sharoitida saqlanmasligi kerakligini takror-takror aytishmoqda.
A.Qilichevning salomatligiga oid oʻtkazilgan ekspertiza unda aniqlangan kasalliklar bilan ixtisoslashtirilgan klinikalarda statsionar va ambulator sharoitlardan davolanishga muhtojlik borligini koʻrsatadi. Qilichev bilan bogʻliq ish ayni kunlarda Mirzo Ulugʻbek tuman sudida koʻrib chiqilmoqda, ayblanuvchi sudga qoʻltiq-tayoqda olib kelinyapti, mahbusning sogʻligi shifokorlarning doimiy nazorati ostida.