So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Toʻrayevlar xiylasi: Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari 6-yilga qamaldi, u jinoiy faoliyatiga qizini ham sherik qilgan
Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi sobiq bosh direktori, “De nova agro” MCHJ sobiq direktori Alisher Toʻrayev JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shu bilan birga Mirzo Ulugʻbek sudi mansabdorning qizi Anais Toʻrayevani ham 5-yilu bir oy muddatga qamoq bilan jazolagan, bundan tashqari, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boʻlimi boshligʻi - bosh hisobchisi vazifasida ishlagan Mansur Qoʻzibekov ham 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga amaliy safari paytida uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha topshiriq beradi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, aniqrogʻi 1 mln dona uzum koʻchatini xarid qilish uchun vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga topshiriq beriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga kerakli mablagʻ ajratiladi.
Milliy markaz “in vitro” uslubida yetishtirilgan uzum koʻchatlarini xarid qilish uchun tender eʼlon qilgan. Tender komissiyasiga markaz direktori oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Tenderda esa DE NOVA AGRO MCHJ gʻalaba qozonadi.
Eʼtiborlisi, ochiq maʼlumotlarni shuni koʻrsatyaptiki, mazkur tenderda manfaatlar toʻqnashuvi holati sodir boʻlgan. Sababi tenderda yutgan korxona Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbari (tender komissiyaga raislik qilmagan) Toʻrayev Alisher Melsovichga aloqador boʻlgan.
Milliy markaz direktori — Toʻrayev Alisher Melsovich, DE NOVA AGRO MCHJ rahbari esa — Toʻrayeva Anais Alisherovna (stat.uzʻda 20.09.21gacha direktor sifatida qayd etilib turgan, keyinroq rahbar sifatida Strelkovskix Yekaterina Dmitriyevna, shartnomaga ham u qoʻl qoʻygan), MCHJning 100% ulushi esa Toʻrayev Bekjonga tegishli (sharifi yoʻq). MCHJ va Milliy yuridik manzili ham bir xil. Toʻrayev Bekjon va Toʻrayeva Anais Alisherovna, shuningdek, Greencell MCHJga egalik va rahbarlik qilishadi.
Toʻrayev Alisher Melsovich qishloq xoʻjaligida xizmat koʻrsatadigan Oʻsimliklar texnologiyasi MCHJ ulushining yarmiga egalik qiladi. Bundan avval hozirda tugatilgan De Nova Seeds MCHJ taʼsischisi ham boʻlgan. Tenderda yutgan korxona nomiga oʻxshash.
Markaz davlat tashkiloti boʻlib, u toʻliq Qishloq xoʻjaligi vazirligiga tegishli boʻlgan.
Sud A.Toʻrayevni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga koʻra davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymasligi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga koʻra ixtisoslashgan tashkilot yoki uning affillangan shaxsi oʻzi tashkilotchi boʻlgan xarid qilish tartib-taomilida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi talablarni qoʻpol ravishda buzib, mansabdor shaxs boʻlgani holda, mansab mavqeini suisteʼmol qilib, noqonuniy tender oʻtkazilib, tender komissiyasining 26.08.2021-yildagi 2-sonli yigʻilish bayoniga muvofiq oʻzining norasmiy rahbarligidagi, oʻgʻli B.Turayev taʼsischiligidagi “De nova agro” MCHJning tender savdolari gʻolibi deb topilishiga va “De nova agro” MCHJ hamda Milliy markaz oʻrtasida 30.08.2021-yilda 1 mln dona “in-vitro” sharoitida uzum koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha qiymati 9 mlrd 950 mln soʻmlik 4-sonli shartnoma tuzilishiga erishganlik holatlariga baho bergan.
Yaʼni, A.Toʻrayev “De nova agro” MCHJ tomonidan 01.06.2022-yilda tuzilgan shartnomaga asosan Milliy markazga shartnoma va tender shartlarida nazarda tutilgan uzum koʻchatlari haqiqatda yetkazib berilmaganligini yashirish, kelgusida javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida, Milliy markazning 08.09.2023-yildagi 35-sonli buyrugʻi bilan Toshkent viloyat agroxizmatlar markazi balansidagi issiqxonada saqlanayotgan uzum koʻchatlarini sanoqdan oʻtkazish uchun oʻzining raisligida lavozimi jihatidan unga buysunuvchi va sodiq Milliy markaz xodimlaridan aʼzoligidagi sanoq komissiyasini tuzib, ular va bosh hisobchi M.Qoʻzibekov bilan jinoiy til biriktirib, Milliy markaz direktori lavozimidagi mansab mavqeidan foydalanib, mansab soxtakorligiga yoʻl qoʻyib, aslida “De nova agro” MCHJ tomonidan shartnoma va tender shartlarida nazarda tutilgan uzum koʻchatlari Milliy markazga yetkazib berilmagan, parvarishlanmayotgan va ushbu koʻchatlar haqiqatda sanalmagan boʻlsada, “Toshkent viloyat agroxizmatlar markazi balansidagi issiqxonada oʻtkazilgan sanoqda 562.800 dona 5 mlrd 599 mln soʻmlik uzum koʻchatlari mavjudligi toʻgʻrisida”gi 08.09.2023-yildagi soxta sanoq dalolatnomasini tuzib, komissiya aʼzolari, mavsumiy ishchilarga imzolatib, bosh hisobchi M.Qoʻzibekovga qabul qildirib, rasmiy hujjatni soxtalashtirgan.
Bundan tashqari, A.Toʻrayev jinoiy harakatlarini davom ettirib, Milliy markaz bosh hisobchisi M.Qoʻzibekov va boshqalar bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, Milliy markaz direktori lavozimidagi mansab mavqeidan foydalanib, “De nova agro” MCHJ hamda Milliy markaz oʻrtasida 30.08.2021-yilda 1 mln dona “in-vitro” sharoitida uzum koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha qiymati 9 mlrd 950 mln soʻmlik 4-sonli shartnoma va tender hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda 1 mln dona uzum koʻchatlari haqiqatda “De nova agro” MCHJ tomonidan yetishtirilmagan va Milliy markazga yetkazib berilmagan boʻlsa-da, Milliy markaz hisobidan goʻyoki uzum koʻchatlarini parvarishlash uchun 359 mln 252 ming soʻm va ish haqi sifatida 149 mln. 876,9 ming soʻm, jami 509 mln 128,9 ming soʻm mablagʻlarni asossiz ravishda chiqim qilinib, Milliy markazning 509 mln 128,9 ming soʻm mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Sudlanuvchilar A.Toʻrayev, M.Qoʻzibekov va A.Toʻrayevalardan solidar tartibda 9.950.000.000 soʻm pul mablagʻi davlat foydasiga undirilishi belgilangan.