So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bu yer fillar qabristoniga oʻxshaydi. Sharoit qamoqxonadan ogʻirroq” – Enter Engineeringʻning Samarqanddagi ishchilari 4 oydan beri maosh olmayotganidan norozi
Murojaat oʻzgartirilmagan holda yoritilmoqda.
Samarqandda bosh pudratchisi Enter Engineering kompaniyasi boʻlgan Silk Road turizm markazi qurilishida ishlayotgan 1000 nafarga yaqin ishchilar 4 oydan beri maosh olmayotganidan norozi boʻlib, Effect.uzʻga murojaat yoʻllagan.
“Bu yerda turli xil sohalarda 800 nafarga yaqin ishchilar faoliyat olib boryapti. Ammo, kuz fasli kirib keldiki hali bahordagi maoshni olganimiz yoʻq. Aprel oyida toʻxtagan boʻyicha hech vaqo bergani yoʻq.
Hatto Mustaqillik bayramiga may avansini toʻlab ham berishmadi. Lekin qogʻozda yaʼni Soliq.uzʼda iyul oyigacha koʻrsatib qoʻyilgan. Juda koʻp ishchilar yoʻlkirasi yoʻqligi sabab bayramni iflos va tor yotoqxonada oʻtkazdi. Oshxona va yotoqxonadagi sharoit ayrim qamoqxonalardan ogʻirroq.
Toʻrt kishilik xonalarga sakkiztadan odam joylangan. Oshxona idishlari qorayib, hidlanib ketgan. Maoshimizni soʻrasak, xohlagan payt ishdan boʻshashimizni, qoʻlimizdan hech narsa kelmasligini roʻkach qilishadi.
Ishchilar yotoqxonasi katta dovon bilan oʻrab berkitilgan, har qanday tekshiruv kelsa ham koʻrsatishni iloji yoʻq. Dovonning bir tomoni Yangi Oʻzbekiston, ikkinchi tomoni esa fillar qabristoniga oʻxshaydi. Iltimos, biz qora ishchilarga amaliy yordam beringlar.
Maʼlumot oʻrnida, bu Enter Engineering Bosh pudratchi boʻlgan Oʻzbekistondagi koʻplab qurilish obyektlaridagi ilk norozilik holati emas, bungacha kompaniyaning ayrim hududlardagi ishchilariga maoshlar toʻlanmagani internetda yoritilgan edi.