So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Vaziyat murakkablashmoqda” – DXX raisi Abdusalom Azizov SHHT va MDHga aʼzo davlatlar xavfsizligiga tahdid solayotgan omillar haqida gapirdi
Toshkentda boshlangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha ikkinchi konferensiyasida DXX raisi Abdusalom Azizov SHHT va MDHga aʼzo davlatlar xavfsizligiga tahdid solayotgan omillar haqida gapirdi.
Azizovga koʻra, ayni kundagi vaziyat xalqaro terrorchilik tashkilotlari boshliqlarining davlatlarga qarshi oʻzlarining buzgʻunchi rejalaridan voz kechmaganliklari bilan yanada murakkablashmoqda.
“Afgʻoniston hukumati oʻz imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda, afgʻon maxsus xizmati XVIDga (ʼXuroson viloyatiʼ Islom davlati) qarshi kurashda ʼyetakchilikʼ qilib, muayyan natijalarga erishmoqda. Shu bois dushmanga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, — dedi DXX rahbari.

Shuningdek, DXX raisi Afgʻoniston uchun “Xuroson viloyati”ga qarshi kurashda yordam berish muhimligini taʼkidlagan, chunki qarshi choralarning zaiflashishi guruhning kuchayishiga olib keladi va bu oʻz navbatida butun mintaqa xavfsizligiga tahdid soladi.
Abdusalom Azizov oʻzaro ishonch, xalqaro terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot va tajriba almashishga asoslangan izchil va muvofiqlashgan faoliyatda birga harakat qilish yordamidagina davlatlarda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda samarali natijalarga erishish mumkinligiga ishonch bildirgan.
Izohlar 1
Олимжон
2024-Sep-05 10:45Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir