So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Normat Tursunov Uchquduq tumani hokimini ishdan oldi
Viloyat hokimining kengashga taqdim qilgan qarorida Soli Xamroyev nima sababdan ishdan boʻshatilgani aytilmagan.
Uchquduq tumani hokimi Soli Xamroyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrnini Uchqun Yelmuratov egalladi. Viloyat hokimligining axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Xalq deputatlari Uchquduq tumani kengashining navbatdan tashqari toʻqson ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtgan.

Sessiyada Navoiy viloyat hokimi Tursunov Normat Toʻlqunovich ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan Uchquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tanqidiy tahlil qilgan.
Shundan soʻng, deputatlar viloyat hokimining 2024-yil 17-iyuldagi Soli Xamroyevni Uchquduq tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan maʼqulladi.

Normat Tursunov Uchquduq tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Yelmuratov Uchqun Fayzullayevichni tanishtirdi.

Yigʻilishda xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari Abdukarimov Moldabek Saxiyevich, Najmiddinova Nafisa Zayniddinovna, tuman faoli, mehnat faxriysi Keruyenbanv Abdulla Moldabayevich, Uchquduq tuman prokurori Ortiqov Maqsud Shokir oʻgʻli soʻzga chiqib, tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini taʼkidladilar.

Viloyat hokimining Yelmuratov Uchqun Fayzullayevichni Uchquduq tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozda maʼqullandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir