So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Ilgari erkin boʻlgan dunyo ustidan qorongʻulik tez tushyapti” yoxud “Durov ishi”ga dunyo munosabati qanday?
Telegram asoschisi Pavel Durov 24-avgust kuni Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransiya ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, bunga Telegram faoliyati sabab boʻlgan.
“Xayr soʻz erkinligi, xayr milliarder” - Pavel Durov nega hibsga olindi?
Telegram asoschisi Pavel Durov 24-avgust kuni Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransiya ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, bunga Telegram faoliyati sabab boʻlgan.
DUROVNING QOʻLGA OLINISHI. U NIMADA AYBLANMOQDA?
Telegram asoschisi, 39 yoshli tadbirkor Pavel Durovning hibsga olinishi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. TF1 telekanaliga koʻra, Durov 24-avgust, shanba kuni kechqurun xususiy samolyotida Ozarbayjondan Parijga uchib borganidan keyin qoʻlga olingan.
Fransiya hukumati Durovni Telegramʻda moderatsiya yetishmasligi sababli giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblamoqda. Xabarda u “oʻz platformasida huquq-tartibot idoralari bilan moderatsiya yoki hamkorlik qilish uchun hech narsa qilmasdan, son-sanoqsiz qonunbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻygani” taʼkidlanadi. Shuningdek, Durov Kreml foydasiga josuslikda ham ayblanmoqda.
BUTUN DUNYO DUROVNI QOʻLLAB-QUVVATLAMOQDA
Pavel Durov bilan bogʻliq voqeadan soʻng dunyoda uni har xil usullar bilan qoʻllab-quvvatlash boshlandi. Jumladan, Rossiyada Free Durov xeshtegi tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqarildi va hattoki shu nomdagi botlar ham yaratilmoqda.
Shuningdek, Moskvadagi Fransiya elchixonasida Rossiyaning “Yangi odamlar” partiyasi Durovni qoʻllab-quvvatlash mitingini boshladi. Partiya rasmiylari turli mintaqalardagi rus diasporasidan Durovni ozod qilish uchun Fransiya elchixonalariga Telegram logotipidagi qogʻoz samolyotlarni tashlab ketishga chaqirgan.
“Bugun u xato qildi. Sababi maʼlum emas”
TF1 suhbatdoshlaridan birining maʼlum qilishicha, Durovni hibsga olish uchun order faqat Fransiyada amal qiladi. Tadbirkor 2021-yilda Fransiya fuqaroligini olgan boʻlib, u oʻzining qidiruvdagi shaxs ekanini bilganligi sababli Yevropa boʻylab kamroq sayohat qilgan va Telegram ishi xavfsizlik kuchlari nazorati ostida boʻlgan davlatlardan qochgan. Shuningdek, Fransiya hukumati Pavel Durovning hibsga olinishidan Yevropaning boshqa mamlakatlarga bosim oʻtkazish uchun foydalanishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Telegramʻda ichki toʻlov vositasi sifatida foydalaniladigan TON kriptovalyutasi Pavel Durov Durov hibsga olinishi ortidan deyarli 15 foizga pastga quladi. Baza nashriga koʻra, Durov “Hamster” kriptovalyutasini ham moliyalashtirishi kutilayotgan insonlardan biri edi.
Teleboshlovchi Taker Karlson Durov ozod etilishi tarafdori
“Bu platformalar egalariga hukumat buyrugʻiga koʻra haqiqatni yashirishni xohlamaydiganlar uchun ogohlantirishdir...
...Unga soʻz erkinligi bergani uchun uni Putin hibsga olmadi. Bu Bayden maʼmuriyatining ittifoqchisi va NATOning faol aʼzosi boʻlgan gʻarbiy davlat uni qamab qoʻydi...
Durov bugun tunni qamoqda oʻtkazadi. Ilgari erkin boʻlgan dunyo ustidan qorongʻulik tez tushyapti", — dedi u.
“Xayr soʻz erkinligi, xayr milliarder...”
“Telegram asoschisi Pavel Durov kecha fransiyada qoʻlga olinibdi. Unga terrorizmni moliyalashtirish, jinoyatlarga homiylik qilish ayblari qoʻyilib, Fransiya hukumati tomonidan qidiruvga berilgan ekan.
Mana, jirkanch gʻarbning asl yuzi, Durov razvedka boshqarmalariga Telegram foydalanuvchilari shaxsiy maʼlumotlarini berishdan doim bosh tortib kelgan, bosh egmagani uchun uni “chopishmoqchi”ga oʻxshaydi.
Durovning hibsga olinishi ortidan Telegram valyutasi hisoblangan TON valyutasi narxi qulagan.
Xayr soʻz erkinligi, xayr milliarder...” – deya Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi Otabek Artikov.
“Durovning hibsga olinishi Gʻarbning ikkiyuzlamachi siyosatini yana bir bor namoyon etdi”
“Soʻz erkinligi, inson huquqlari deb butun dunyoga jar solayotgan Gʻarb (AQSH ham kiradi) amalda hammasiga tupurib qoʻygan. Boshqa tarmoqlarga oʻxshab gʻarbning manfaatiga xizmat qilmagani uchun Durovga nisbatan gʻayriqonuniy harakatlar qilishdan qaytishmayapti. Bir kechada bir shaxsning xalqaro qidiruvga berilishi nima degani?!
Ayni paytda Rossiya Durovni olib chiqish harakatini qilyapti.
Pashkani Alloh panohida asrasin!” deya yozadi “Devonai Haqgoʻy” kanali muallifi.
“Pavel Durovning hibsga olinishi RF Qurolli kuchlarning aloqa boʻyicha boshligʻi hibsga olinishi bilan teng” – propagandachi Aleksey Rogozin.
“Razvedka maʼlumotlari, artilleriya nishonlari korrektirovkasi, kopterlardan videooqimlar va koʻplab maʼlumotlar Telegram vositasida olinmoqda”, — deya taʼkidlagan Rogozin.