So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tomonidan 5 ish kun ichida elektron platforma orqali xulosa berilishi shartligi belgilangan.
Biroq, viloyatning 9 nafar tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya boʻlim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya boʻlimi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Misol uchun, Asaka tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Zumrad” (nomi oʻzgartirilgan) MCHJning 2023-yil 31-oktyabrdagi subsidiya ajratish haqidagi arizasi 2024-yil 19-yanvarda muddati oʻtkazib xulosa berilgan.
Andijon viloyatidagi 44 nafar mansabdorning shu kabi qonunbuzilishi holatiga yoʻl qoʻyganligi oqibatida tadbirkorlarning murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan.
Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 43-moddasiga asosan, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.



