So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Onasining barmoqlarini kesib tashlagan farzandga hukm oʻqildi
Joriy yil 30-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati Toshloq tuman sudida onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashlagan ayblanuvchi N.I.ga oid sud ishi koʻrib chiqildi

Joriy yil 30-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati Toshloq tuman sudida onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashlagan ayblanuvchi N.I.ga oid sud ishi koʻrib chiqildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 7-iyun kuni N.I. soat 08:00 atrofida oʻzi yashab kelayotgan Toshloq tumanidagi uyida onasi R.I. bilan oʻzaro oʻrtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida janjallashib ketgan. Janjal davomida oʻgʻil onasini xonadonida mavjud boʻlgan sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyo tok qaychi bilan ikkala qoʻllari 1,5 barmoqlarini barmoq kaft boʻgʻimlari asosiy falangasidan oʻta shafqatsizlik bilan kesib tashlab, hodisa joyidan ketib yuborgan.
Dastlabki tergov organi tomonidan N.I.ning harakatlari JKning 104-moddasi 2-qismining “v,l” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi qaror asosida sudga yuborilgan.
Sud hukmiga koʻra, JKning 104-moddasi 2-qismining “v,l” bandi bilan N.I.ni ayblashga oid jinoyat ishi, uning ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib tugatildi.
Sudlanuvchiga ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanish uchun tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanildi va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tibbiy yoʻsinda majburiy tartibda davolanishi uchun yuborildi.



