So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Lanatlayman, qoralayman” – Andijonning “mashhur” hokimi yana davlat ishiga qaytdi
2019-yilning avgustida Andijon shahar hokimi lavozimidan olib tashlangan Dilmurod Rahmatullayev yana davlat ishiga qaytdi.
U Andijon shahar hokimi Gʻofurjon Abdurahmonovning 17-avgustdagi qarori bilan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.

Maʼlumki, Rahmatullayev oʻzining turli harakatlari jumladan, intim suratlari tarqalishi, direktorlarni haqoratlagani bilan jamoatchilikka yaxshi tanilishga ulgurgan edi.
Shuningdek, u 2018-yilning aprelida bosh vazir ishtirokida oʻtkazilgan videoselektorda shahar koʻchalarini obodonlashtirish uchun, byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt koʻchatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun oxirgi marta hayfsan olgan.
Rahmatullayev haqida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov shunday degan edi:
«Bu bolani juda koʻp ogohlantirganman. Qadamingni oʻylab bosgin deganman. Mana qoʻlimda uning qanday ishlagani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor», degandi.
Rahmatullayev oʻshanda BHM 30 baravari miqdorida jarimaga tortilgan, keyinchalik esa ishdan boʻshatilgan. Rahmatullayev intim suratlari tarqalib ketgach, oʻzining harakatlarini oqlab, bu suratlarni tarqaganlarni “lanatlashi va qoralashini” taʼkidlagan edi.