So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi
Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.

Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Sinoptiklarga ko‘ra, shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +33…+36 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi +19…+21 darajagacha, kunduzi +27…+29 darajagacha pasayadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 10−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.



