So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ajoyib!” – jamoatchilik Senatning IIO organlari bilan bogʻliq qonun maʼqullanmaganini olqishlamoqda
Bugun, 16-avgust kuni Oliy Majlis Senatining 55-yalpi majlisda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obroʻsizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagmadi.
Qonun qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilgan. Amaliyotchi huquqshunos, jamoatchilik faoli Saidali Muxtoraliyev Senatning bu qarori alohida eʼtirofga loyiq ekanligini taʼkidladi.
“Senatorlar jamoatchilikning keng eʼtirozlariga sababchi boʻlgan huquq-tartibot organlari xodimlarining foto va videolarini ularni obroʻsizlantirish maqsadida internetda tarqatganlik uchun jazo belgilashni koʻzda tutuvchi qonunni maʼqullamadi. Hujjat qayta koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga qaytarilgan.
Ushbu qonun aslida “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida» edi va unda boshqa kerakli masalalar ham bor edi.
Jamoatchilik eʼtiroz bildirgan joyi esa MJtKga yangi modda sifatida kiritilgan 195-2-modda edi va bu moddaga asosan huquq organlari xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni ularni obroʻsizlantirish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa tortilishi belgilangandi.
Qonunning maʼqullanmagani va Qonunchilik palatasiga qaytarilgani sababi ushbu qonundan MJtKga kiritilishi belgilangan ana shu eʼtirozli 195-2-moddasini butunlay chiqarib tashlab, Senatga barcha uchun birdek manfaatli holatda qaytadan kiritish boʻlgan deb eshitdim. Ajoyib!”, deb yozadi Saidali Muxtoraliyev.