So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Muzaffar Soliyev 7-yilga qamaldi. U vazir va hokimlik lavozimlarida ishlagan edi
2017-yildan 2021-yilgacha Uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, 2021-yildan 2023-yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Soliyev Muzaffar Xaldarbayevich 7-yilga qamaldi.
Sud hukmida keltirilishicha, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Taʼkidlanishicha, Soliyev va uning sheriklari davlat byudjetidan juda koʻp miqdordagi pullarni talon-toroj qilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Muzaffar Soliyev 2017-yil 5-iyuldan 2021-yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. U Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan tanqidiy yigʻilishdan keyin ishdan olingan edi.
2021-yil 15-yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlangan boʻlib, u 2023-yil aprelida ishdan olingan va buning sababi uning uy-joy kommunal xoʻjalik vaziri lavozimida ishlab kelgan davri bilan bogʻliq ekani koʻrsatilgan.
Soliyev, shuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir