So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyada tungi klubni yoqib yuborgan oʻzbekistonlik migrantlar uzoq muddatga qamaldi
Rossiyaning UFA viloyati sudi qasddan tungi klubni yoqib yuborgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmini oʻqidi.
Maʼlum qilinishicha, ikki nafar oʻzbekistonlik yigitlar 2023-yil sentyabr oyining oxirlarida mast holatda UFA viloyatidagi “Meet Point” tungi klubiga kirishmoqchi boʻlishgan, ammo qoʻriqchilar ularni muassasaga kiritmagan.
Qoʻriqchilardan qasd olish maqsadida yigitlar yaqin atrofdagi yoqilgʻi quyish shoxobchasidan benzin sotib olib, uni klubning kirish qismiga va qoʻriqchilarga sepib, yoqib yuborishgan. Ushbu voqea natijasida hech kim jabrlanmagan, tungi klub xodimlari yuzaga kelgan yongʻinni oʻzlari oʻchirishga muvaffaq boʻlishgan.
Oʻz navbatida, erkaklar Moskvaga uchib ketishga harakat qilishgan, ammo ular aeroportda qoʻlga olinib, ularga bir qator moddalar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
«Sud bir sudlanuvchini 11-yilga, uning sherigini esa 10-yilga ozodlikdan mahrum qildi, har ikkala mahkum ham jazoni qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida oʻtashadi. Shuningdek, ulardvn 200 ming rubl miqdorida maʼnaviy zarar undirildi», - deyiladi xabarda.