So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Menga uy bering”, “menga pul bering”: Sirdaryo hokimining qabuliga kimlar yordam soʻrab kelmoqda?
Bugun, 13-avgust kuni Sirdaryo hokimining mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida tashkil qilingan qabulda 50 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etgan.
Taʼkidlanishicha, murojaatlarning 20 ga yaqini joyida ijobiy hal etilib, 8 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan masʼullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olingan.
Qabulda hali ham “menga uy bering”, “menga pul bering” (moddiy yordam) mazmunidagi murojaatlar koʻp boʻladi, mutasaddilar esa bir necha marta “biz sizga uy olib berolmaymiz, bunday tartib yoʻq, subsidiya oling, ammo bunga ham aralasha olmaymiz, buning oʻz talablari, nizomi bor”, deb eslatishlariga toʻgʻri kelmoqda.
Viloyat hokimi haqiqiy moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga koʻmak berilishini, ammo oʻzi yoki oila aʼzolaridan birortasi mehnatga layoqatli boʻla turib, yordam soʻrayotganlarga ishlash va daromad olishlari uchun zarur barcha imkoniyatlar yaratib berilishini aytgan.
Ajablanarlisi viloyat hokimi qabuliga sud bilan bitadigan ishlar yuzasidan ham koʻplab murojaat kelmoqda. Hatto, sud qaroridan norozi boʻlib qabulga kelganlar ham boʻlgan. Ularga bu kabi masalalar bilan qayerga murojaat etish lozimligi tushuntirilgan.
Davolanish uchun order, shuningdek, yoʻl, kommunal soha, xususan, elektr, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashni soʻrab kelganlar ham bor. Bunday masalalar yuzasidan joyida hal etish uchun tegishli masʼullarga topshiriq berilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir