So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga koʻrsatishdi” – Prezident
Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Davlat rahbari yigʻilishda avvalo sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi ulkan tarixiy zafarlari bilan butun xalqimizni chin qalbidan tabrikladi.
“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qoʻygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda koʻrsatib, dunyoda 13-oʻrin, Osiyoda 4-oʻrin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Bir yoʻla 3 nafar sportchimiz «ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor boʻldi.
Bu Yangi Oʻzbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga koʻrsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi. Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi Oʻzbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning gʻururimiz!», - dedi Prezident.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir