So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Salim Boyvachcha” “Kolya-Qirgʻiz”ni moliyaviy qoʻllagan. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik xizmati Abduvaliyevni qidiruvga berdi
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik xizmati qonundagi oʻgʻri Qamchibek Koʻlboyevning uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini oʻzbekistonlik Salim Abduvaliyev tomonidan moliyalashtirilgani faktlarini aniqlaganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, xizmat tomonidan jinoyat yoʻli bilan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari oʻtkazilgan. Razvedka xizmati maʼlumotlariga koʻra, Koʻlboyev “Birodarlar davrasi” xalqaro jinoiy guruhi aʼzosi boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Salim Abduvaliyev (1950-yilda tugʻilgan, nafaqaxoʻr, muqaddam sudlanmagan) 2023-yil dekabrida hibsga olingan, 2024-yil mart oyida esa 6-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Toshkent shahar sudi uni oʻqotar qurollarning noqonuniy savdosida aybdor deb topgan.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi uni “Oʻzbekiston hududidagi jinoiy tuzilmalarning yetakchisi” deb taʼriflaydi.
AQSH Qamchibek Koʻlboyevni “Qirgʻizistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari” deb atagan va uni dunyodagi yirik narkotik savdogarlari roʻyxatiga kiritgan. U 2023-yil oktyabr oyida Bishkek markazida oʻtkazilgan maxsus operatsiya vaqtida otib oʻldirilgan edi.
Qirgʻiziston maxfiy xizmati maʼlumotlariga koʻra, Salim Abduvaliev “MDH davlatlarida bevosita taʼsirga ega boʻlib, giyohvand moddalarni Yevropa davlatlariga olib oʻtish boʻyicha noqonuniy kanallar tashkil etilgani tufayli Qamchibek Koʻlboyev bilan aloqa oʻrnatgan va tizimli ravishda moddiy yordam koʻrsatgan”, shuningdek, Koʻlboyevni Qirgʻizistonda qoʻllab-quvvatlagan va uning jinoyat olamining yetakchisi boʻlishiga hissa qoʻshgan.
Shu bilan birga, xavfsizlik xizmati Qamchibek Koʻlboyev va Salim Abduvaliyev oʻrtasida yaqin munosabatlar boʻlganini ochiqlagan. Bunga Koʻlboyevning Abduvaliyev tomonidan Oʻzbekiston hududida tashkil etilgan bayram va boshqa tadbirlarga bir necha bor tashrif buyurgani isbot sifatida koʻrilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, Salim Abduvaliyev oʻzining Qirgʻiziston Respublikasi va MDH davlatlari hududida taʼsir doirasini kengaytirishdek gʻarazli maqsadlarini koʻzlab va bunga maʼlum darajada erishib, Qamchibek Qoʻlboyevni har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan va tizimli ravishda uning noqonuniy guruhi faoliyatini moliyalashtirgan.
Hozirda toʻplangan hujjatlar asosida Salim Abduvaliyevga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. U shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilish uchun davlatlararo va Interpol orqali qidiruvga berilgan.



