So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chiqindidan energiya ishlab chiqarish boʻyicha memorandum imzolandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “Chengdu Environment Investment Group” davlat korxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “Chengdu Environment Investment Group” davlat korxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya kiritilishi mumkin boʻlgan sohalar hamda investorlarga taqdim etiladigan umumiy preferensiyalar haqida maʼlumot berildi.

Xitoy kompaniyasi bosh direktori Chen Shiyen Oʻzbekistonda amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli rejalar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, chiqindi tashish uchun moʻljallangan poligonlar bilan bir qatorda oqova suv tozalash inshootlari faoliyatiga ham qiziqish bildirildi.
Bundan tashqari, mehmonlar Vazirlik huzuridagi Situatsion markaz, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish Respublika markazi, chiqindilarni boshqarish poligon direksiyasi faoliyati bilan tanishishdi.
Tashrif yakunida “Chengdu Environment Investment Group” davlat korxonasi tarkibidagi “Chengdu Xingrong Renewable Energy Co., Ltd” va “Chengdu Shiny Technology Co., Ltd.” kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir