So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 ta tuman hokimliklari hujjatlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 7 ta hokimliklarning qabul qilgan hujjatlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 7 ta hokimliklarning qabul qilgan hujjatlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borildi.
Mazkur oʻrganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Taxiatosh va Xoʻjayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilishi natijasida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 22 moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13 xat boshlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.
Yuqoridagi oʻrganish natijalariga koʻra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir