So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi
Qonun loyihasi bilan ekologik ekspertiza faoliyatida qoʻllaniladigan yangi yoʻnalish belgilab olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan majlisda “Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan ekologik ekspertiza faoliyatida qoʻllaniladigan yangi yoʻnalish – ekologik normativlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan, strategik rejalashtirish loyihalarini strategik ekologik baholashdan oʻtkazish masalalari aniq belgilandi.
Shu bilan birga, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi, davlat ekologik ekspertiza obyektlari boʻyicha tegishli hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etish, davlat va jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, jamoatchilik ekologik ekspertizasini hamda jamoatchilik eshituvini oʻtkazish tartibini belgilash boʻyicha alohida normalarni kiritish taklif etildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida qonunchilik hujjatlari oʻrtasidagi tafovutlar bartaraf etilib, ekologik ekspertiza xulosasini berish tartib-taomillarini samarali va toʻgʻridan toʻgʻri tartibga soluvchi normalar amaliyotga kiritiladi. Eng muhimi, xalqaro talablarni joriy etish hisobiga, xorijiy investor va tadbirkorlar uchun ishonchli va tushunarli ekologik baholash tizimi taʼminlanadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir