Qidirish

00:22 / 2024-07-18 7616 1 Siyosat

“Biz monopol emasmiz” — “UzAuto Motors” rahbari xalqning savollariga ochiqchasiga javob berdi

Oʻzbekiston hukumati bundan 30-yil avval avtomobil zavodini ishga tushurgani eng toʻgʻri qadam boʻlgan.

«UzAuto Motors» AJ rahbari Bo Andersson

1992-yil iyun oylarida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi va «Daewoo Motor» avtomobilsozlik zavodiga boradi va 1994-yilga kelib, Andijon viloyatining Asaka shahrida zavod qurulishi boshlanadi.

1996-yil mart oyida zavod oʻzining birinchi «Damas» avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi, koʻp oʻtmay «Tico» va xalq tilida “legenda”ga aylangan «Nexia» rusumli mashinalar sotuvga chiqadi.

Oʻzbekiston hukumati ogʻir yoʻlni bosib oʻtgan boʻlsada, oʻzining yoʻlidan qaytmadi va «UzAuto Motors» zavodini ishga tushurib, dunyo boʻyicha avtomobil ishlab chiqaridagan 26 ta davlatlar safiga qoʻshildi.

Hozirga kelib kompaniya yirik soliq toʻlovchi, qariyb 16 ming nafarga yaqin mahalliy aholining “qora qozoni”ni qaynatmoqda…

Bo Anderson biografiyasiga nazar

Bo Inge Anderson 1955-yil 16-oktyabrda Shvetsiyaning Falkenberg shahrida tugʻilgan. U Shvetsiya harbiy akademiyasini bitirgan va keyin armiyada xizmat qilgan. U armiyani katta lavozimda tark etdi.

Andersson Stokgolm Universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Garvard Universitetida top menejment dasturini yakunladi.

Andersson 1987-yilda Saab avtomobil ABda xarid qilish menejeri sifatida ish faoliyatini boshlagan, 1990-yilda taʼminot vitse-prezidenti etib tayinlangan.

1993-yilda General Motorsʻda elektr jihozlarini sotib olish guruhining ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Bir yil oʻtgach, u GM kimyoviy taʼminot guruhining ijrochi direktori etib tayinlandi va bu lavozimda uch yil ishladi.

1997-yilda, Yevropa xaridlari boʻyicha vitse-prezidenti lavozimini egallash uchun u Germaniyaga koʻchib oʻtdi. 2001-yilda Andersson GMning top boshqaruvining bir qismi boʻlib, 2007-yilgacha butun dunyo boʻylab xaridlar boʻyicha vitse-prezident va 2009-yilgacha global xaridlar va taʼminot zanjiri boʻyicha vitse-prezident boʻlib ishlagan.

Andersson 2009-yilda GMni tark etdi va Rossiyaning eng qadimgi avtomobil zavodi va engil tijorat avtomobillari, avtobuslar va yoʻltanlamas ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi GAZ Guruhining direktorlar kengashi rahbari Oleg Deripaskaga (Rossiya sanoat millarderi) maslahatchisi boʻldi.

Andersson 2009-yil 7-avgustda kompaniyaning strategiyasini amalga oshirilayotgan joriy faoliyati bilan birlashtirish maqsadida GAZ guruhining prezidenti boʻldi. Asosiy maqsad, kompaniyani rentabellikka qaytarish edi.

Besh yil davomida GAZda ish olib borganida, u 1 mlrd AQSH dollardan ziyod zararni yoʻqotdi va kompaniyani barqaror EBIT boʻyicha daromadga olib chiqdi: 7,6 % (2010), 8,8 % (2011), 10,3 % (2012).

Rossiya valyutasida foyda 2008-yildagi 30,5 mlrd rubl zarardan 2012-yildagi 8,8 mlrd sof foydaga oʻzgardi.[16]

Ushbu natijalarga Andersson tomonidan olib borilgan GAZ Guruhidagi izchil islohotlar natijasida erishildi:

— Kompaniya xodimlar sonini 50 ming kishiga kamaytirdi

— GAZ Volga yengil avtomobillari va ixtisoslashtirilgan avtomobillarni tasniflashni oʻz ichiga olgan samarasiz mahsulot liniyalari tugatilib, 2009-yilda yetti asosiy mahsulotga nisbatan, uchta asosiy mahsulot yoʻnalishiga alohida eʼtibor qaratildi.

— Barcha xodimlar uchun foyda taqsimoti dasturi ishga tushirildi va korrupsiyaga qarshi nol-bagʻrikenglik siyosati oʻrnatildi

— Soʻnggi 20-yil ichida birinchi yangi LCV platformasini oʻz ichiga olgan, yangi modellar toʻplami ishga tushirildi

— Gaz zavodida Wolfswagen/Skoda, GM va Daimler modellarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi. 2013-yil 5-noyabrda Andersson AVTOVAZ prezidenti etib tayinlandi.

Andersson 2017-yil 14-iyulda YAZAKI Yevropa prezidenti etib saylandi. 2018-yil 3-martda YAZAKI kompaniyasini Europe&Africa va Shimoliy&Markaziy Amerika boʻlinmalari prezidenti etib tayinlandi. Bundan tashqari, 2017-yil iyul oyigacha YAZAKI Yevropa prezidenti lavozimida davom etdi. U 28 ta davlatdagi 129 ta filiallari, 140 ming kishilik jamoa va 8 mlrd AQSH dollari uchun maʼsul hisoblanadi.

Izohlar 1

Kurbonov shaxzodbek
2024-Jul-18 18:19
Boʻtta faqat Andersen biografiyasiku bizani qizoqtirgan savolla qani
Fikr bildirish