So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Ermanov Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi boʻldi. Uning oʻrnini Rahimov egalladi
Ushbu tayinlovlar Prezident farmoniga koʻra amalga oshirildi.

Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlagan Farhod Ermanov lavozimidan ozod etilib, yangi lavozimga tayinlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, Prezidentning farmoni, bilan Farxod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
U Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Uning oʻrniga, Joʻrabek Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Raximov 2019-yil 11fevraldan boshlab, Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Farhod Ermanov 1958-yil 30-aprelda Qoraqalpogʻiston ASSRning Amudaryo tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1975—1976-yillarda Amudaryo tumani Mangit shahar profilaktika va dezinfeksiya boʻlimi xodimi, 1981—1995-yillarda avtomexanik, bosh muhandis, Amudaryo tumani “Mangʻit” xoʻjaligi direktori, 1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998—2002-yillarda Amudaryo viloyati “Mangʻit” fermer xoʻjaligi raisi, 2002—2004-yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan.
Farhod Ermanov 2004—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2007-yilda qisqa muddat Toʻrtkoʻl tumani hokimi etib tayinlandi.



