So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Pastdargʻomda qulagan ikki qavatli uyning narxi ochiqlandi
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Juma shaharchasi hududida qoʻshnining notoʻgʻri qurilish olib borishi oqibatida 2-qavatli uy qulab tushgan.

Viloyat IIBning maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 14-may kuni soat 19:45 larda fuqaro H.M.ning xonadoni qulab tushib, qoʻshnisiga kup miqdor (300 ming dollar) da moddiy zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Pastdargʻom tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hodisa ortidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ham maʼlumot berib,
Fuqaro B.Isroilovga tegishli boʻlgan Juma shahri, “Samarqand” mahallasi, Samarqand koʻchasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududidan qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga Pastdargʻom tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining 2024-yil 20-yanvardagi ruxsatnomasi berilgani ochiqlandi.
Hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. “MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 4-martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.
“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan koʻrib chiqilib, 2024-yil 26-martda ekspertiza xulosasi olingan. Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Oʻrganish jarayonida fuqaro B.Isroilov tomonidan oʻzboshimchalik bilan “MEZANA PROYEKT” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qoʻshni xonadon poydevori ostidagi tuproqning choʻkishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushgan. Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning oʻrganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.



