So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Fargʻonada diniy ekstremistik oqim aʼzosi boʻlgan fuqaro 12-yilga qamaldi

DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimining faol aʼzosi boʻlgan shaxs qoʻlga olingan. Oltiariq tumanida yashovchi A.A Rossiyada ishlab yurgan vaqtida Islom diniga qiziqishi tufayli internet orqali turli maʼruzalarni, xususan, “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy terroristik tashkiloti tarafdorlarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda oʻzgartirishga xizmat qilishga qaratilgan maʼruzalaridagi aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan video va audio materiallarni eshitib, ular taʼsirida ekstremistik gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlab kelgan.
U Telegram messenjeri orqali oqim tarafdori M.A. bilan aloqa qilgan va “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimiga aʼzo boʻlib, ularning kitoblaridan virtual taʼlim oladi. Buning natijasida esa diniy aqidaparastlikka berilib, uning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan va shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda diniy oqim gʻoyalarini faol targʻib qiladi. Shuningdek u Oʻzbekistonga qaytib ham faoliyatini davom ettiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida A.Aning qilmishlari fosh boʻldi. Uning telefonidan olingan ashyoviy dalillar diniy oqim materiallari ekani tasdigʻini topadi. Jinoyat ishlari boʻyicha Bogʻdod tuman sudi hukmiga koʻra u 12-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.



