Qidirish

15:16 / 2024-05-15 3497 0 Jamiyat

“Bu ishlarni hech bir aqlli fermer hazm qilolmaydi” – Fermerlar muayyan miqdordagi xodimlarni rasmiy tarzda ishlatish majburiy qilinayotganidan keskin norozi

Ey baraka topkurlar, Xudo insof bergurlar. Allohim aqldan adashtirmagurlar. Hozir aholi zich zonalarda ham fermer 2-3 million oylik beraman desa ham ishga chiqmayapti. Hamma kunbay, nakdga ishlashga oʻtib ketdi.

world-news

Fermer noiloj kunbay nakd berib, oʻzi oila-aʼzolari bilan dehqonchilik qilsa-yu, yana soliqqa ham qoʻshimcha toʻlasa. Oʻsha qonun tashabbuskorlari, bir oʻylab koʻring, fermerga ish haqi uchun yil davomida gektariga 400-500 ming ish haqi ajratilsa, qay yoʻsinda ishchi olib unga oyiga 2-3 million ish haqi toʻlay oladi?

Fermer ham bir tadbirkorlik subyekti, tadbirkorning asosiy maqsadi xarajatni iloji boricha kamaytirib, mahsulot ishlab chikarishni koʻpaytirish. Majburiy ravishda xarajatni oshirishga doir qaror chiqarishni hech bir aqlli fermer hazm qilolmasa kerak.

Agar shu qaror mabodo qabul qilinsa, shunga parallel ravishda fermerga ham mahsuloti tan narxidan kelib chiqib erkin sotishga ruxsat berilishi kerak deb oʻylaymiz. Dehqonning mahsulotini kimdir majburiy baholashi umuman mantiqdan emas.

Maʼlumot uchun, Qishloq xoʻjaligi sohasida aholi bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi yakunlanadi. Bu loyiha qabul qilinsa, har bir fermer yiliga qoʻshimcha gektariga 500 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha soliq toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Loyiha boʻyicha fermer qoʻshimcha ishchi olsa ham, olmasa ham, normativ boʻyicha hisoblangan ishchilar soni uchun soliq toʻlashi kerak boʻladi. Eng kam meʼyorlar – dehqonchilik va baliqchilikda 1 gektar hisobiga, chorvachilikda esa hayvonlarning bosh soniga nisbatan belgilanadi. Masalan, 50 gektar maydonda paxta yetishtiruvchi fermer mart-sentyabr oylarida har bir gektarga 0,33 nafardan, jami 50 gektarga kamida 16-17 nafar xodimni rasman ish bilan taʼminlashi kerak.

Izohlar 0

Fikr bildirish