So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Toshkentda “MAX-HOUSE-GROUP” MCHJ rahbarlariga nisbatan qiduruv eʼlon qilindi. Ular firibgarlikda ayblanmoqda
Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylardagi xonadonlar uchun toʻlovni amalga oshirganligi, biroq MCHJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977-yilda tugʻilgan Obid Sharipov “MAX-HOUSE-GROUP” MCHJni tashkil qilib, oʻzining sheriklari 1982-yilda tugʻilgan Axtam Osimov va 1989-yilda tugʻilgan Azizbek Samandarov bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etgan.
Jumladan, O.Sharipov MCHJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan koʻp qavatli uylardagi xonadonlarni sotishligini maʼlum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun toʻlovlarni qabul qilib olgan. Vaholanki, ushbu koʻp qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega boʻlmasdan, kadastr hujjatlari yoʻq boʻlgan xonadonlarni fuqarolarga sotishligini bildirib, aldov yoʻli bilan juda koʻp miqdordagi pullarni oʻzlashtirgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov jarayonida A.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Gumonlanuvchilar A.Samandarov va A.Osimovlar tergovdan qochib yashiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
IIBB qidiruvdagi shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarni 71-206-42-28, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishini soʻragan.