So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekistonning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ochiqlandi
Hukumat yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida navbatdagi rejalarini tayyorlagan.
Jamoatchilik uchun eʼlon qilinmagan mazkur loyiha mutasaddi idoralar oʻrtasida kelishuvga chiqarilgan, yaqinda tadbirkorlar ishtirokida muhokama ham qilingan. Aytish kerakki, ular orasida haqiqatda yashirin iqtisodiyot koʻlamini kamaytirishga doir muhim qoidalar aks etmoqda.
2024-yil 1-maydan boshlab:
– qurilish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga koʻchmas mulk obyektlari realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashda har bir kvadrat metr uchun minimal miqdorlardan kelib chiqib hisoblash taklif etilmoqda;
– uy-joy, koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini sotuvi faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan mazkur oldi-sotdi shartnomalarini bank maʼlumotlari asosida, yuridik shaxslar tomonidan esa elektron hisobvaraq-faktura orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda notarial rasmiylashtiriladi.
2024-yil 1-iyulga qadar:
– shaharsozlik normalari va qoidalariga asoslangan qurilish obyekti uchun qurilish materiallari va sarf-xarajatlarining cheklangan oʻrtacha miqdorini qatʼiy belgilash tizimi joriy etiladi.
– “POS” terminallar oʻrnatish xarajatlari foyda va aylanmadan olinadigan soliq bazasidan chegiriladi.
– “POS” terminallar orqali amalga oshirilgan tovar aylanmalariga nisbatan foyda va aylanmadan olinadigan soliq stavkalari 5 foizga kamaytiriladi.
Shuningdek:
– ulgurji savdo toʻliq naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibiga oʻtkaziladi;
– yuridik shaxs tomonidan ustav jamgʻarmasi oshirilgan (yangidan shakllantirilgan) taqdirda, mazkur operatsiyalar boʻyicha tovar moddiy boyliklarning manbasi yuzasidan maʼlumotlarni majburiy ravishda 10 kun ichida soliq organlarining axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi oʻrnatiladi.
– moliya yili davomida joriy moliya yili uchun byudjet daromadlarini kamaytiruvchi, soliq va bojxona imtiyozlarini berishni va soliqsiz toʻlovlardan byudjetga ajratmalarni kamaytirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ayni paytda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida tadbirkorlar uchun soliq maʼmurchiligini yanada qiyinlashtirish, soliq xizmati vakolatlarini kengaytirish hamda naqd pul muomalasining yana ortishiga olib keladigan, yaʼni yashirin iqtisodiyotning kengayishiga turtki beradigan shubhali takliflar ham bor.
2024-yil 1-iyuldan:
– soliq organlariga soliq toʻlovchining hududiga kirish va binoni koʻzdan kechirish vakolati berilishi mumkin. Istisnolari ham xavotirli.
– Soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlar jismoniy shaxslarning plastik kartalari (R2R) orqali amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida R2R operatsiyalarida muayyan chegaradan oshgan tranzaksiyalar boʻyicha oʻzaro maʼlumot almashinuvi yuzasidan memorandum imzolashi shartligi koʻrsatilmoqda. Bu birinchi marta koʻtarilmayapti. Yaqin-yaqinda ham jiddiy eʼtirozga sabab boʻlgan edi.
– aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summada toʻlash tartibini bekor qilish koʻzda tutilmoqda. Bu amaliyot yaqindagina kuchga kiritilgan edi.
– barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yirik soliq toʻlovchilari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasi oʻrnini qoplab berishni murojaat qilingan kundan boshlab 60 kundan 75 kun ichida amalga oshirish (tezlashtirilgan tartib va tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bundan mustasno).
Bundan tashqari, Hukumat yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida 2024-yil 1-iyuldan boshlab chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan
toʻlovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1 foiz miqdorida keshbek qaytarishni hamda toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda keshbek qaytarish tartibini bekor qilishni rejalashtirmoqda.
Hukumat yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida yana quyidagi choralarni taklif etmoqda:
– tovar va xizmatlarning umumiĭ qiĭmati uch ming AQSH dollaridan oshganda tŭlovlarni faqat naqd pulsiz hisob-kitob orqali amalga oshirish;
– barcha byudjet tashkilotlari (shu jumladan qurolli kuchlar), oliĭ taʼlim muassasalari hamda ĭirik soliq tŭlovchilar ishchi xodimlariga oĭlik ish haqini 100 foiz miqdorda bank plastik kartalari orqali berish;
– onlaĭn davlat xizmatlari va tŭlovlari, jismoniĭ shaxslar ŭrtasidagi ŭtkazmalar, shaxsiĭ mablagʻlarni boshqarish va onlaĭn savdo xizmatlarini ŭz ichiga olgan “WeChat” va “Kaspi” tizimlarining ŭxshashi bŭlgan texnologik yechimni yaratish.
Hujjat loyihasi chindan ham tadbirkorlar va fuqarolar uchun prinsipial tartib-taomillarni koʻzda tutadi. Hujjat loyihasi ochiq muhokamaga qoʻyilishi, biznes va ekspertlar hamjamiyati bilan yaxshilab elakdan oʻtkazilishi, iqtisodiyot ravnaqiga xalaqit beradigan qismlari yakuniy hujjatga kiritilmasligi lozim. Umuman, toʻsatdan qarorlar paydo boʻlib qolish amaliyotiga barham berish zarur. Eslatib oʻtamiz, mazkur takliflar loyiha boʻlib, ular oʻzgarishi mumkin.