So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Jumladan, Oʻzbekistonda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yoʻnalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi Oʻzbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.
Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.
Kelgusi oʻquv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi. Ijod maktablari boʻyicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.
Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yoʻlga qoʻyiladi. Turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlar qoʻllab-quvvatlanadi. Taʼlim sifatini oshirishda fan olimpiadalari muhim.
Soʻnggi yillarda gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish tizimi joriy etilgani natijasida bilimga intilish kuchaydi. Talabgor oʻquvchilar, “katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar avvalgiga nisbatan ikki baravar koʻpaydi.

Mamlakatda Al-Fargʻoniy, Beruniy, Mendeleyev nomidagi xalqaro olimpiadalar oʻtkazildi. Bu ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etish taklif qilinmoqda. Unga yetuk olimlar va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi, oʻquvchilarning har biri rivojlanish dasturi orqali maqsadli tayyorlanadi.
Ishtirokchilarning xalqaro olimpiadalardagi yakuniy natijalaridan kelib chiqib, terma jamoa yetakchisini ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Barcha fan olimpiadalarini aks ettiradigan yagona olimpiadalar taqvimi va tayyorgarlik tizimi yaratiladi. Asosiy mashgʻulotlar bilan birga psixologik treninglar, boshqa jamoalar bilan qoʻshma yigʻinlar oʻtkaziladi.
Taqdimotda oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimini joriy qilish masalasi ham koʻrib chiqildi. Hozirda bilimning bahosi turli maktablarda turlicha. Imtihon varaqalaridagi savollar darajasi ham har xil. Xalqaro testologiya talablariga koʻra, hamma variantlardagi savollarning qiyinlik darajasi teng boʻlishi kerak.
Shu bois davlat yakuniy attestatsiyasida, yaʼni maktabni bitirish imtihonlarida oʻquvchilarning bilimini yagona nazorat materiallari asosida baholash taklif etilmoqda.
Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.

Yana bir muhim yangilik – maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi.
Davlat rahbari umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, uning oliy taʼlim bilan mutanosibligini mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Taqdimotda taʼlim va boshqa sohalarda madaniyatni keng yoyish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Yosh avlodda sanʼatga mehrni maktab va oliygohdan boshlab shakllantirish zarurligi taʼkidlandi. Shu maqsadda ijod maktablarida “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fani oʻrniga “Sanʼat” fani kiritish taklif etilmoqda.
Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.
Oliy oʻquv yurtlarida bu boʻyicha maslahatchi tizimini Madaniyat vazirligi bilan bogʻlab, maqom, baxshichilik, teatr meroslarini yoshlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, yirik korxonalar va klasterlar qoshida ansambllar tuzilib, mahallalarda konsertlar, maktablarda madaniyat kunlari tashkil etilishi belgilandi.
Izohlar 4
Usmonbek
2024-Mar-29 13:40Абдусалом
2024-Mar-29 13:41Абдусалом
2024-Mar-29 13:41Tulqin Shodoev
2024-Mar-29 13:49Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir