So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmeni Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.
Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻtgan yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti hamda samarali ishbilarmonlik uchrashuvlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Davlat rahbari parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan AQSH Kongressida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus ishini yuqori baholadi.

Amerikalik qonun chiqaruvchilar vakillik qilayotgan Montana, Alabama, Vashington, Kaliforniya va Texas shtatlari bilan faol amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼlim, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar, togʻ-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmogʻi va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etildi. AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir