So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Telegramʻda “mamont”larni chuv tushurgan 17 yoshli “skamer” qoʻlga olindi
Telegramʻda “Pul tiking yutuq bor” mazmunida bot yaratib oʻzgalarning pullarini oʻzlashtirib kelgan 17 yoshli yigitcha qoʻlga olindi.
Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) K.A. IIOga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan 32,5 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida yashovchi 17 yoshli M.X. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, M.X., jabrlanuvchi K.A, bilan “Telegram” messenjeri orqali tanishib, unga “Xalyami” botiga ulanib pul oʻtkazsa yutuq borligi haqida aytib uni ishontirgan.
Jabrlanuvchi K.A. 32,5 mln. soʻm miqdordagi pullarni “Mavlonbek Oripov” ismli shaxsga tegishli boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib bergan, ammo, xech qanday yutuq olmagan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.