Qidirish

09:14 / 2024-03-25 4663 1 Hodisalar

“Crocus City Hall”da terakt uyushtirgan terrorchilar sud oldida javob berishdi

world-news

Moskvadagi “Crocus City Hall” savdo doʻkonida teraktni amalga oshirishda gumon qilinayotgan barcha ayblanuvchilar 22-mayga qadar tergov izolyatorida saqlanadigan boʻldi.

Dalerjon Mirzoyev

“Crocus City Hall”ga hujum qilishda gumon qilinayotgan Dalerjon Mirzoyev oʻz aybini toʻliq tan oldi. U 22-maygacha izolyatorda boʻladi.

«Mirzoyev qurolli uyushgan guruh tarkibida “Crocus City Hall” binosi hududida hozir boʻlgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga qarata oʻq uzishda ishtirok etgan, shundan soʻng ayblanuvchi “Crocus City Hall” binosiga oʻt qoʻygan. Mirzoyev oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan», — deyiladi Moskvaning Basmanniy sudining qarorida.

Saidakrami Rachabalizoda

Terrorchi Saidakrami Rachabalizoda Moskvaning Basmanniy sudida oʻz aybiga iqror boʻldi. Ayblanuvchi Tojikiston fuqarosi. Sud majlisida u sudya bilan tarjimon orqali muloqot qildi.

Rachabalizodaning aytishicha, u 1994-yilda tugʻilgan, toʻrt nafar farzandi bor. Shuningdek, u Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan joyi borligini, lekin buni eslolmasligini aytgan.

Shamsidin Fariduniy

Moskvaning Basmanniy sudi Krokusdagi terakt ishi boʻyicha uchinchi ayblanuvchi Shamsidin Fariduniyni hibsga olish boʻyicha hukm chiqardi.

«Tergov soʻrovi qanoatlantirilib, Shamsidin Fariduniyga nisbatan 22-mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi», — deya qarorni eʼlon qildi sudya Yelena Lenskaya eʼlon qildi.

Fariduni sudda rus tilida gapirgan. U 1998-yilda Tojikistonda tugʻilgan, sakkiz oylik farzandi bor. Bundan tashqari, ayblanuvchi Podolskdagi parket zavodida ishlagani va Krasnogorskda roʻyxatdan oʻtganini aytgan.

Muhammadsobir Fayzov

Moskvaning Basmanniy sudi Krokusda terakt sodir etishda ayblanayotgan toʻrtinchi shaxs Muhammadsobir Fayzovni 22-mayga qadar hibsga oldi.

Ayblanuvchi 2004-yilda Tojikistonda tugʻilgan, oʻrta maʼlumotli, vaqtincha ishsiz, bungacha u Ivanovo shahridagi sartaroshxonada sartarosh boʻlib ishlagan va shu yerda roʻyxatga olingan.

Unga sudya bilan muloqot qilish uchun tarjimon kerak boʻldi. Fayzov nogironlar aravachasida shifokorlar hamrohligida sudga olib borildi.

Krokusdagi terakt

Juma kuni kechqurun Krasnogorskdagi “Crocus City Hall” binosida otishma va yongʻin sodir boʻldi. Bu vaqtda u yerda “Piknik” guruhining konserti boʻlishi kerak edi.

Kamuflyajli va niqobsiz bir necha kishi zalga kirib kelishdi. Jinoyatchilar odamlarni aniq masofadan otib oʻqqa tutdilar, shuningdek, yondiruvchi bombalar ham tashladilar. Rossiya Tergov qoʻmitasining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 137 kishi halok boʻlgan, ulardan uch nafari bolalar.

“Rossiya Segodnya” media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan qurbonlar soni 143 nafarga yetgan, jarohatlanganlar esa 82 kishini tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish