So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyada ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 24 nafar fuqaro qo‘lga olondi
Bu haqda Anadolu nashri batafsil xabar berdi.
Turkiya ichki ishlar vaziri 23-mart kuni bergan bayonotida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan aksilterror amaliyotlarida ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan kamida 24 nafar fuqaro hibsga olinganini maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha “Bozdogan-15” tezkor operatsiyasi doirasida razvedka va terrorizmga qarshi kurash bo‘limlari maxsus xodimlari Aksaray, Bolu, Gaziantep, Istanbul, Yalova, Kilis, Sakarya va Samsun viloyatlarida tekshiruv o‘tkazgan. Shubhali fuqarolar xonadonlari tintuv qilingan.
Hozirda qo‘lga olingan 24 fuqaro tergov bosqichini o‘tamoqda. Reydlar yana davom ettirilishi maʼlum qilingan.
ISHID tashkiloti Turkiya hududida 2013-yilda taqiqlangan va terrorchi tashkilot deb eʼlon qilingan. So‘nggi o‘n yil davomida ISHID Turkiyada 10 ta xudkushlik hujumi, 7 ta terakt va to‘rtta qurolli hujum uyushtirib, 300 dan ortiq tinch aholi o‘limiga sabab bo‘lgan.