So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Toshkentda ota farzandini boshqa bola bilan urishtirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ota oʻz farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 21-mart kuni Uchtepa tumanida 2014-yilda tugʻilgan T.M. qoʻshnisi 2014-yilda tugʻilgan X.K. bilan oʻzaro kelishmovchilik natijasida urishib turgan vaqtida T.M. ning otasi E.M. ularni oʻzaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish oʻrniga aksincha, oʻgʻli T.M. ga qoʻshnisi X.K. ni urishiga imkon yaratgan va oʻzi ham urishga koʻmaklashib, bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan va janjalni davom ettirishga oʻgʻlini majbur qilgan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. laroʻzaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati boʻlmagan.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMBtomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi oʻrganilmoqda.



