So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Salimboy” jazoni qayerda oʻtaydi?
Xalq orasida “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 6-yilga ozodlikdan mahrum etilgani rasman tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 19-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, hukm eʼlon qilingan.
Sud hukmiga koʻra, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatilgan.
“Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtattirilish belgilangan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”) Oʻzbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan.
Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayevga koʻra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qoʻzgʻatilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.