So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Salim Abduvaliyev 6-yilga qamaldi
“Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev oʻqotar qurollarning noqonuniy muomalasida ayblanib, 6-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bu haqda Toshkent shahri sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
19-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tumani sudida Abduvaliyevga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Hukmga muvofiq, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.
Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.
Tadbirkor 1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan, nafaqaxoʻr, muqaddam sudlanmagan.
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari 2023-yil dekbar oyi boshida Salim Abduvaliyevni qoʻlga olgandi. Shundan soʻng Toshkent shahri huquq-tartibot idoralari Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanlagan.