So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Krokusdagi teraktda ISHIDning qoʻli bor. Putinning bundan xabari boʻlgan” — BBC
Rus OAVlari Moskvadagi “Crocus City Hall” savdo doʻkoniga ISHID tomonidan hujum boʻlganini inkor qilib turgan bir vaqtda, Gʻarb nashrlari va ayniqsa AQSH rasmiylari teraktda terroristik guruhning qoʻli borligini daʼvo qilmoqda.
.jpg)
BBCʻning yozishicha, hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan terrorchi ISHID hujumni qaysi boʻlinmasi amalga oshirgani haqida maʼlumot bermagan.
Tashkilotning tashviqot byulleteni sifatida ham tanilgan “axborot agentligi” odatda bunday maʼlumotni chiqarmaydi. Ekstremistik guruhlar boʻyicha ekspert Mina Al-Lamining aytishicha, mart oyida ISHID “Kavkaz viloyati”dan boʻlgan erkakning qasamyod qilayotgan videoni eʼlon qilgan.

Keyinchalik, bu shaxs Ingushetiyada Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan otishma paytida halok boʻlgan. Shundan soʻng, Rossiya aksilterror qoʻmitasi (NAK) ISHID tarafdorlari koʻp qavatli uylardan biriga joylashib olganini va xavfsizlik kuchlari olti kishini oʻldirganini maʼlum qildi.
Qizigʻi shundaki, oʻtgan yili kuzda FXX direktori Aleksandr Bortnikov ISHID terroristik tashkilotining “Viloyat Xuroson” boʻlinmasining salohiyati oshib borayotganini aytgan.

«Bu boʻlinmaning salohiyati oshib bormoqda va vaqt oʻtishi bilan ular Afgʻonistondan tashqarida terrorchilik hujumlarini amalga oshirishlari mumkin», - degandi Bortnikov.
Oq uy Krokusga qilingan hujum ortida aynan “Islomiy davlati”ning afgʻon boʻlinmasi boʻlgan “Viloyat Xuroson” turganligini daʼvo qilmoqda.

AQSH rasmiylarining taʼkidlashicha, ruslarga 7-mart kuni ular kuzatishlar va oʻrganishlar natijasida terrorchilar Moskvani nishonga olishlari mumkinligini aytgan. Biroq Vladimir Putin buni AQSH odamlarni koʻngliga gʻulgʻula solish uchun oʻylab topilgan shantaj deb atagandi.

Ogohlantirilgan muddatdan naqd 15 kun oʻtib Moskvadagi eng nufuzli va odamlar gavjum boʻlgan “Crocus City Hall” savdo doʻkoniga komuflyajdagi nomaʼlum shaxslar qurolli hujum uyushtirib, binoga oʻt qoʻyib kelgan mashinalarida qochib ketishga muvaffaq boʻldi.

Terrorchilar yoshu-qarini ayamay oʻq oʻzishdi, olomonga molotov kokteylini oʻloqtirib odamlarni tiriklayin yoqib yuborishga urundi. Natijada 70 kishi oʻldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi, ulardan 9 nafarining ahvoli ogʻir (sonlar yanada ortishi mumkin).



