So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Surxondaryoda suv toshqini sababli 360 kishi koʻchirildi
Yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Kecha, 21-mart kuni Qumqoʻrgʻon tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida yigʻilgan yomgʻir suvlari Arnali soy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan. Koʻp miqdordagi yomgʻir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sigʻmasdan, hududdagi 2 ta ichki koʻchalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylar ichkarisiga kirgan.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, kuchli yomgʻir suvlari “Azlarsoy” soyidan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki koʻchalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylarga suv kirgan.
Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida, “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va “Elobod” mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha koʻchirildi. Tuman markazidagi “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yertoʻlasiga yigʻilgan toshqin suvlari yongʻin-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.
Qumqoʻrgʻon tumani “Elobod” mahallasi hududidan oʻtuvchi M-41 “Almata-Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1535-1536 km oraligʻida transport vositalari va yoʻlovchilar xavfsiziligini taʼminlash maqsadida, vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan soʻng, yoʻlga yigʻilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi toʻliq tiklandi.
Ushbu hududda sodir boʻlgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli UKga qarashli, “Qumqoʻrgʻon–Elbayon” peregoni PK 8-9 temir yoʻl ostidan oʻtgan suv quvuriga sigʻmaganligi natijasida, temir yoʻlning taxminan 0,4 km qismidan toshib oʻtib, shagʻal qoplamasini qisman yuvgan. Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzuli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poyezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskvator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shagʻal temir yoʻlning zarar koʻrgan uchastkasiga yotqizilib, taʼmirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22-mart kuni soat 07:00 da temir yoʻl harakati toʻliq tiklandi.
Ayni vaqtda “Elobod” mahallasi ichki koʻchalari, yoʻllar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muxandislik texnikalari jalb qilingan.
Yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Holat shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olingan boʻlib, kechaning oʻzida hodisa joyiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, FVV vakili, FVB, IIB, MGB boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari yetib borishgan hamda toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tuzilgan. Hozirda tezkor shtab tomonidan hodisa oqibatlarini oʻrganish, yetkazilgan talofatlarni bartaraf etish, aholiga koʻmak berish choralari koʻrilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat rahbariga axborot berib borilmoqda.
Bundan tashqari, viloyatning Shoʻrchi, Sherobod va Bandixon tumanlarining ayrim mahallalarida ham koʻp miqdorda yomgʻir yogʻish hodisalari sodir boʻlgan boʻlib, yomgʻir suvlari hududlardan oqib oʻtuvchi sel yoʻllari orqali xavfsiz oqib oʻtgan. Ushbu hududlardan talofatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmagan.